Nukus shahar 1-son texnikumi Pearson bo‘limining “Mehmonxona” yo‘nalishi 1-bosqich o‘quvchilari amaliy mashg‘ulotlar doirasida Nukus shahrida joylashgan “Massaget” mehmonxonasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida o‘quvchilar mehmonxonaning faoliyati, xizmat ko‘rsatish jarayonlari, mehmonlarni kutib olish va joylashtirish tartibi hamda mehmonxona xo‘jaligini boshqarish bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakdagi mehnat faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning maqsadimiz — bilimli, malakali va zamonaviy xizmat ko‘rsatish sohasida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash!