O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatning nufuzini va jozibadorligini oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–134-son qarori ijrosi doirasida harbiy xizmatchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning kelajakdagi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Nukus shahar 1-son texnikumi Pearson bo‘limining maxsus fan o‘qituvchilari tomonidan harbiy xizmatchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida askarlar tanlagan kasb yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko‘nikma va malakalarini oshirmoqdalar.
Asosiy maqsad — har bir askarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga zamin yaratish hamda harbiy xizmatdan keyingi hayotga tayyorlash.
Kasb — kelajak va mustaqil hayot kafolati!

Русский
English
Qaraqalpaq



