Nukus shahar 1-son texnikumining Pearson bo‘limida sentabr–oktabr oylari davomida dars mashg‘ulotlari va amaliyot jarayonida faol ishtirok etib, o‘zining intilishi, bilimga chanqoqligi hamda namunali faolligi bilan ajralib turgan o‘quvchilarga rag‘batlantirish maqsadida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu e’tirof o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi yutuqlar sari ruhlantirish hamda faol va tashabbuskor bo‘lishga undashga xizmat qiladi.

Barcha faol o‘quvchilarimizga kelgusidagi o‘qish va amaliy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

✨Bilim, intilish va mehnat — muvaffaqiyat kaliti!