Nukus shahridagi 1-sonli texnikumda yangi 2026-2027 o‘quv yili boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda prin
tadbirda Kasb-hunar ta’limi agentligi direktori Bayrambay Aimbetov ishtirok etib, texnikum o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.

Agentlik direktori o‘z nutqida bugungi kunda kasb-hunar ta’limi sohasida yoshlar uchun yangi imkoniyatlar kengaytirilayotgani, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, o‘quvchilarni yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashishga va kelgusida o‘z sohasining bilimli, malakali va professional mutaxassisi bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir yakunida Bayrambay Aimbetov texnikum auditoriyalariga tashrif buyurib, o‘quvchilarning o‘quv jarayoni bilan tanishdi. O‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularga yangi o‘quv yilida katta muvaffaqiyatlar, o‘qishda muvaffaqiyatlar va o‘z maqsadlariga erishishlarini tiladi. Shuningdek, o‘quvchilarni darslarda faol ishtirok etishga, o‘z ustida doimiy ishlashga va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.

Yangi o‘quv yili – bu yangi maqsadlar, yangi bilimlarning boshlanishi!

O‘quvchilarga – o‘qishda katta yutuqlar,
o‘qituvchilarga sifatli ta’limda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Yangi 2026-2027 o‘quv yili muborak!