2026-yil 7-8-oktyabr kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Mo‘ynoq tumanida «Islohotlar – yoshlar kelajagi uchun» shiori ostida tashkil etilgan volontyorlar seminarida faol ishtirok etgan Nukus shahridagi 1-sonli texnikum talabasi Joldasboyeva Zebiuzar sertifikat bilan taqdirlandi.

Bu yutuq talabamizning faolligi, bilimga intilishi va jamoat ishlariga bo‘lgan qiziqishi natijasidir.

Nukus shahridagi 1-sonli texnikum jamoasi nomidan o‘quvchimizni chin dildan tabriklaymiz! Sizga bundan buyon ham o‘qish va ijtimoiy faoliyatingizda yangi yutuqlarga erishishingizni, mamlakatimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shishni tilaymiz!