Nukus shahar 1-son texnikumi Pearson bo‘limining “Mehmonxona” yo‘nalishi 2-bosqich o‘quvchilari amaliy mashg‘ulotlar doirasida “Fayz” mehmonxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar mehmonxonaning kundalik faoliyati, mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, mehmonlarni kutib olish va joylashtirish tartibi hamda mehmonxona xizmatlarini tashkil etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ular nazariy mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini real ish jarayonida kuzatish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday amaliy tashriflar o‘quvchilarning kasbiy tajribasini oshirish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini shakllantirish va kelajakda malakali mehmonxona mutaxassisi bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega.
Hamkorlik va amaliy tajriba — sifatli kasbiy ta’limning muhim omili!

Русский
English
Qaraqalpaq
