Nukus shahar 1-sonli texnikumida «Uch avlod» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Nuroniylar Kengashi raisi T.Yuldashov, QR xizmat ko‘rsatgan yoshlar Ustozi podpolkovnik M.Babajanov, nuroniy podpolkovnik X.Ametov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi QR Kengashi bo‘lim boshlig‘i A.Berdibekovlar ishtirok etdi. Yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘ulari, milliy va insoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lish haqida keng targ‘ibot ishlari olib borildi hamda «Yosh qutqaruvchi 2026» sport musobaqalarining O‘zbekiston Respublikasi bosqichida 1-o‘rinni egallagan texnikumning «Jayxun» jamoasi o‘quvchi yoshlari va ularning ota-onalariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.