Nukus shahridagi 1-sonli texnikumning 10/26-sonli qutqaruv guruhi o‘quvchisi Mavlenbergenov Quvvat ikkinchi o‘rinni egalladi!
Nukus shahri sportchilari 2026-yilning 1-4-oktyabr kunlari Farg‘ona viloyatida ushbu sport turi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida yuqori natijalarga erishdi.
Mavlenbergenov Quvvat puxta tayyorgarlik ko‘rib, o‘z mahoratini isbotlab, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Ushbu natija Nukus shahridagi 1-son sport maktabi bazasida O‘zbekiston uchuvchilar aviatsiyasi federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda Nukus shahridagi 1-son texnikum xodimlarining mehnati samarasidir.
Yosh sportchimiz va uning ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz hamda ularga kelgusi musobaqalarda katta muvaffaqiyatlar va g‘alabalar tilaymiz!