Joriy yilning 5-10 oktyabr kunlari «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida sport ligasi musobaqalarining ikkinchi bosqichi 2022-yil 11-apreldagi PQ-201-son qaror va «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi yo‘l xaritasi ijrosini ta’minlash maqsadida muvaffaqiyatli tashkil etildi. Sportning beshta turi: stol tennisi, voleybol, yengil atletika va shaxmat bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Eng quvonarlisi, texnikum o‘quvchilaridan tashkil topgan terma jamoa sportning to‘rt turi bo‘yicha g‘oliblar qatoridan joy oldi. Stol tennisi bo‘yicha erkaklar jamoasi birinchi, ayollar jamoasi esa birinchi o‘rinni egalladi. Kritbol bo‘yicha erkaklar jamoasi ikkinchi, ayollar jamoasi esa birinchi o‘rinni egalladi. Voleybolda ayollar jamoasi birinchi, erkaklar jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi. Yengil atletika bo‘yicha erkaklar jamoasi birinchi, ayollar jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Yuqori natija ko‘rsatgan g‘oliblar Sport vazirligi hamda Kasb-hunar ta’limi agentligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.