2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Pearson BTEC xalqaro professional ta’lim dasturi qo‘shimcha ravishda 3 mingdan ortiq o‘quvchilarni qamrab oladi.
Dastur oltita sohadagi 79 ta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: muhandislik, axborot texnologiyalari, qurilish, turizm, mehmonxona biznesi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam. Ta’lim o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida olib boriladi.
O‘zbekistonda birinchi marta BTEC Nukus texnikumida joriy etildi. Endi dastur mamlakatning barcha hududlaridagi texnikumlarni qamrab oladi.

Русский
English
Qaraqalpaq