Nukus shahar 1-son texnikumida Pearson xalqaro ta’lim dasturining 1-kurs “Raqamli” guruhi o‘quvchilari ishtirokida ingliz tili dars jarayoni.
Ingliz tili fani o‘qituvchimiz Ilyasova Jamila. Darsda o‘quvchilar ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, yangi so‘zlarni o‘rganish, so‘z boyligini oshirish, og‘zaki nutqni rivojlantirish hamda ingliz tilida erkin muloqot qilishga qaratilgan amaliy mashqlarni bajardilar.
Bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, xalqaro ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish hamda kelajakda xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Til bilgan — dunyoni anglaydi, imkoniyatlar eshigini ochadi!

Русский
English
Qaraqalpaq