2026-yil 8-9-oktyabr kunlari Nukus shahridagi 1-sonli texnikumda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida Sport ligasi musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat. Sport musobaqalarida ishtirok etgan har bir jamoa o‘z texnikumlarini munosib himoya qilish uchun qizg‘in kurash olib bordi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, Nukus shahridagi 1-sonli texnikumning o‘smirlar jamoasi uchinchi, o‘smirlar jamoasi esa birinchi o‘rinni egalladi. O‘quvchilarimizga bo‘lajak musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz.