«Nova Imperium» jamoasiga ko‘ngillilarni qabul qilishning ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi!
Nukusdagi 1-sonli texnikumning yorqin va faol yoshlaridan tashkil topgan «Nova Imperium» jamoasi yangi o‘quv yilida o‘z saflarini kengaytirish yo‘lida dadil qadamlar tashladi. Bugun faol yoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lgan qabul jarayonining ikkinchi bosqichi yakunlandi va tegishli natijalar rasman e’lon qilindi.
Birinchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlov yoshlarga o‘zlarining yetakchilik fazilatlari, ijodiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqichga qo‘yilib, turli topshiriqlar orqali o‘zlarining intellektual va tashkilotchilik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Jamoa vakillarining ta’kidlashicha, barcha ishtirokchilarning g‘ayrati va yangi g‘oyalarga bo‘lgan intilishi yuqori baholandi. Natijada, raqobatli va ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, eng munosib deb topilgan nomzodlar «Nova Imperium» jamoasi tarkibiga qabul qilindi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha yosh ko‘ngillilarni chin yurakdan tabriklaymiz! Oldinda bizni jamoa bilan birgalikda amalga oshirishimiz kerak bo‘lgan qiziqarli loyihalar, yirik tadbirlar va katta g‘alabalar kutmoqda. Yoshlar ittifoqi va texnikumimiz nomidan barcha yangi a’zolarga katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Yangi «Nova Imperium» jamoasi bilan yangi cho‘qqilar sari olg‘a!
«Yangi Imperiya» matbuot xizmati.

Русский
English
Qaraqalpaq